«Mahalla yettiligi» istiqboli (+video)
Yurtimizda «mahalla yettiligi» tashkil etilganiga ko‘p bo‘lmadi. Qisqa vaqt ichida tizimdagi o‘zgarishlar ko‘zga tashlana boshladi. Avvalo, mahalla faoliyati to‘liq raqamlashtirilyapti va avvalgi qog‘ozbozliklardan voz kechilmoqda. Soliqchi va ijtimoiy xodim mahalla tizimiga kelib qo‘shilishi hisobiga 70 dan ortiq masala shu yerning o‘zida hal etiladigan bo‘ldi. Shuningdek, mahalla raisining vakolatlari ham kengaymoqda.
Muhimi endilikda muammosi bor fuqarolar hal qilish uchun tuman va viloyat idoralariga sarson bo‘lib yurishmaydi, barcha masalalar mahallaning o‘zida kengashib, jamoaviy hal qilinadi. Xullas, ushbu “Vatan ichra vatan” deb atalmish mo‘jaz maskan joylardagi muammolarning chinakam hal qiladigan institutga aylantirilmoqda.
Milliy o‘zligimiz timsoli, betakror qadriyat va an’analarimiz beshigi bo‘lmish mahalla institutining nufuzi va jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlanishi, moddiy-texnik bazasining oshirilishi o‘z samarasini bera boshladi.
Hozirgi paytda “Mahalla yettiligi” aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nuroniy otaxon va onaxonlarimizga e’tibor ko‘rsatishda, xotin-qizlar va yoshlar muammolari bilan ishlashda yaxlit va dunyoda o‘xshashi yo‘q tizimga aylandi.
Ayniqsa, yoshlar bilan ishlashda, ularning qalbiga yo‘l topishda, muammolari yechimida mahallaning alohida o‘rni bor. Zero, sog‘lom muhit yaratilgan mahallada turli ko‘ngilsiz hodisalarning oldi olinadi.
Xullas, agarda berilayotgan imkoniyatlardan oqilona va to‘g‘ri foydalaniladigan bo‘lsa, masalaga sidqidildan yondoshilsa mahalla yettiligi bajara olmaydigan vazifaning o‘zi qolmaydi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/aZPR-qmFL8U" title="“Mahalla yettiligi” istiqboli" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA