Mahalla raisi saylovini o‘tkazish tartiblari
2022 yilning may oyida mamlakatimizda mahalla raislari (oqsoqollari) saylovi o‘tkaziladi.
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani “Charmgar”, “Sanam” va “Mustaqillik” MFYlarida o‘tkazilgan tadbirda shu haqida so‘z bordi. Ishtirokchilarga “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni hamda “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovining tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusida batafsil ma’lumot, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Saylovni o‘tkazish bilan bog‘liq savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Tadbir doirasida Kitob tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan mahalladagi aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Xizmatlar davomida 3 nafar fuqaroga INPS, 2 nafar fuqaroga ruhiy va narkologiya shifoxonalari hisobida turish turmaslik haqida ma’lumotnoma berildi. 3 nafar fuqaroning farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish bo‘yicha arizalari qabul qilindi.

Shuningdek 30 nafardan ortiq fuqaroga tegishli huquqiy tushunchalar berildi va qolgan qabul ishtirokchilarga davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
O‘lmas Barotov, O‘zA.