Mahalla qoshida kutubxona
Qoʻqon shahrining Sobir Abdulla nomidagi mahalla fuqarolar yigʻini qoshida kutubxona foydalanishga topshirildi. 2 ming 500 dan ziyod badiiy adabiyotni jamlagan yangi kutubxona yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, maʼnaviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Mahalla kutubxonasiga Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali hamda mahalla faxriylari 200 dan ziyod kitob hadya etdi. Shuningdek, shahar hokimligi tomonidan yangi kompyuter berildi.Kutubxonada yoshlar va mahalla ahli kitob oʻqish bilan birga, axborot texnologiyalari sohasida ham oʻz koʻnikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega.