Mahalla infratuzilmasi – yangi qiyofada
FOTOREPORTAJ
Camarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Melijo‘ja» mahalla fuqarolar yig‘inida «Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla» mezoni asosida olib borilgan keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari natijasida hudud ijtimoiy infratuzilmasi tamomila yangilandi.
Ichki yo‘llarni soz holga keltirish, ko‘kalamzorlashtirish, aholi uchun zamonaviy xizmat ko‘rsatish nuqtalarini ochish barobarida mahalladagi 19-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, «Gulobod» tibbiyot punkti va umumta’lim maktabi yangi qiyofada foydalanishga topshirildi.
[gallery-17750]
Yangi ob’ektlarning ochilishida Samarqand viloyat hokimi E. Turdimov va faollar ishtirok etdi.
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA