Mahalla binosi foydalanişga topşirildi
Navoiy viloyatining Navbahor tumani “Halovattepa” mahalla fuqarolar yiğinida 770 ta xonadonda 3 ming 153 nafar aholi istiqomat qiladi. 1986-yilda qurilgan mahalla binosi keyingi paytlarda foydalanişga yaroqsiz holatga kelib qolgan edi.
Uşbu bino buzib taşlanib, uning örnida barça qulayliklarga ega yangi mahalla binosi barpo etildi.

Bir milliard 400 million söm mablağ hisobiga qurilgan yangi binoni “Bahora quriliş kelajagi” MÇJ quruvçilari amalga oşirdi.

Yangi mahalla binosi zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi. Jumladan, majlislar zali töliq jihozlanib, mahallada faoliyat yurituvçi yettilik aʼzolari uçun barça şaroitlar yaratildi. Şuningdek, binoning taşqi va içki qismlariga jami 5 ta kuzatuv kamerasi örnatilib, xavfsizlik çoralari ham taʼminlandi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri