Mahalla bankiri farovonlik sari
Respublika Markaziy banki boshqarma boshlig‘i N.Komilov, Buxoro viloyat markaziy bank bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Jo‘rayev, Buxoro shahar hokimining birinchi o‘rinbosari X.Yaxyoyev, sektorlar rahbarlari, tijorat banklari mas’ul xodimlari, mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirokida banklarning asosiy vazifalari nimadan iborat ekanligi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘z olganlar Buxoro shahriga biriktirilgan “Aloqabank”, “Turon bank”, “Biznesni rivojlantirish banki” hamda “Asakabank”dan tanlangan 18 nafar xodimning 2025 yilda mahallalarda olib boradigan ishlari xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, 65 nafar mahalla agentlarini lavozimga tanlash, ulardan talab qilinadigan asosiy mezonlar xususida fikr-mulohaza bildirildi.


Shuningdek, mahalla bankirlari aholi daromadlarini oshirish, o‘zaro hamkorlikning samarali tizimini yaratishga qaratilgan Uychi, Sayxunobod, Zarbdor va G‘ijduvon tumanlarining tajribasini kengaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish ta’kidlandi. Mahalla bankirlari o‘zlariga biriktirilgan mahallalarning biznes imkoniyatlarini o‘rganishi, odamlar bilan gaplashib, ularning g‘oyalarini loyihalarga aylantirishi, kredit olish, qaytarish, biznes ochish va mahsulotini sotishga o‘rgatishi, loyihalarga hamrohlik qilish yuzasidan o‘z rejalarini bayon qildi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri