Mahalla ahlini qiynayotgan muammolar bartaraf etilmoqda
Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyev va Markaziy bankning Andijon viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i Elyor Usmonov tumandagi Zavroq mahallasi aholisi bilan uchrashib, muloqot qildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan joylarda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Andijon tumanining qator mahallalarida bu borada e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda mahalla aholisi tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi ta’minoti, beton ustunlar o‘rnatish, ko‘chalarni shag‘allashtirish, bandlik va boshqa qator masalalar bo‘yicha o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaat qildi. Aytilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan tuman hokimi mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berdi, topshiriqlar ijrosini doimiy nazoratga olishini ta’kidladi.
[gallery-2042]
Shuningdek, muloqotda mahalla guzari, ko‘chalari, har bir xonadonni obodonlashtirish, aholining tomorqa maydonlaridan unumli foydalanishi, o‘z tadbirkorligini boshlash istagidagi fuqarolarni tegishli tartibda o‘qitish, ularga kreditlar ajratish masalalari yuzasidan ham taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.
Uchrashuv samarasi o‘laroq, mahalladagi obodonlashtirish ishlari ko‘lami yanada kengaydi, aholining qator muammolari ijobiy hal etildi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA