Maguayr Tuxelning qaroridan shokda: "Manchester Yunayted" himoyachisi JCH-2026ni oʻtkazib yuboradi
Jahon chempionatining guruh bosqichida Angliya terma jamoasi Xorvatiya, Gana va Panama termalariga qarshi bahs olib boradi.
"Manchester Yunayted" himoyachisi Harri Maguayr Angliya milliy terma jamoasining boʻlajak jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasidan joy olmaydigan boʻldi. Bu haqda taniqli jurnalist Ben Jeykobs oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida maʼlum qildi.
Manbaning taʼkidlashicha, 33 yoshli futbolchi "uch sherlar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel qabul qilgan ushbu qarordan qattiq shok holatiga tushgan. Yakunlanib borayotgan 2025/2026-yilgi mavsumda Maguayr mankunianliklar safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, oʻz hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qoʻyishga ulgurgan edi.
Eslatib oʻtamiz:
Guruhdagi raqiblar: Jahon chempionatining guruh bosqichida Angliya terma jamoasi Xorvatiya, Gana va Panama termalariga qarshi bahs olib boradi.
Avvalgi natija: Oʻtgan mundialda inglizlar oʻz yurishlarini chorak final bosqichida yakunlashgan edi.