“Magnum Hamkor” MCHJ XK rasmiy bayonoti
Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Magnum Hamkor” xorijiy korxonasi (INN-306799489) barcha kontragentlariga 2024 yilning 1 iyulida yagona ishtirokchi tomonidan 5-sonli qaror qabul qilinib, unga ko‘ra, “Magnum Hamkor” MCHJ XK “Magnum Retail” MCHJ XK (INN-307716344)ga qo‘shilish yo‘li bilan qayta tashkil etilayotgani to‘g‘risida ma’lum qiladi.
“Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunning 51 moddasiga muvofiq, qayta tashkil etish natijasida “Magnum Retail” MCHJ XK “Magnum Hamkor”MCHJ XKning barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Shu tariqa, “Magnum Hamkor” MCHJ XK kontragentlar o‘zlarining keyingi talablarini Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi 52 uy manzilida joylashgan “Magnum Retail” MCHJ XKga bildirishlari mumkinligini ma’lum qiladi.
Korxonamiz bilan hamkorlik qilishda mazkur ma’lumotlarni hisobga olishingizni so‘rab qolamiz.
Reklama huquqi asosida
O‘zA