Magistrantlar katta hayotga yo‘llanma olmoqda
Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida 6 mutaxassislik bo‘yicha 40 nafar magistrant dissertatsiya himoya qildi.
- Oliy ta’limda bakalavr bosqichi ma’lum bir kasbga yo‘naltirsa, magistratura ilmga ixtisoslashtiradi, - deydi magistrant Gulmira Eshquvvatova. – “O‘zbek tilida internet matnlarining lingvomadaniy tahlili” mavzudagi dissertatsiyamda internetda o‘zbek tilidagi matn uslubi, og‘zaki nutq shakllanishida omil bo‘lgan virtual kommunikatsiya jarayonini kompleks tadqiq etishda til birliklarining qo‘llanishi, funksional ma’nolari, uslubiy, lingvomadaniy imkoniyatlarini tahlil qildim. Mening dissertatsiyam eng yaxshi tadqiqot, deb topildi. Kelgusida ushbu yo‘nalishdagi izlanishlarimni davom ettirmoqchiman.


Ma’lumot uchun, ushbu talaba o‘zbek tilida internet matnlarini lingvomadaniy tahlil qilish dasturini yaratib, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan maxsus guvohnomani olgan.
Behruz Shamsiddinov,
SamDU Axborot xizmati xodimi
Shavkat Akramov (surat)