Madaniyat va san’at sohasi xodimlarining yuksak mukofotlari
Mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, ijod ahlini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda milliy madaniyatimiz nufuzini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar izchil davom etmoqda.
Давлатимиз rahbari tomonidan imzolangan “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmon ham soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh fidoyi madaniyat va san’at namoyandalarini munosib rag‘batlantirishga xizmat qildi. Mazkur hujjatga muvofiq, bugun madaniyat va san’at sohasining bir qator vakillariga yuksak davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Taqdirlanganlar orasida mahoratli aktyor Shohrux Hamdamov ham bor. Davlatimizning yuksak mukofoti — “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan aktyor Shohrux Hamdamov o‘z quvonchini shunday izhor etdi: — Bu e’tirof men uchun nafaqat katta sharaf, balki ulkan mas’uliyat hamdir.
Prezidentimiz tomonidan ko‘rsatilgan bunday yuksak e’tibor yanada ko‘proq izlanish va fidokorona mehnat qilishga undaydi. Kelgusida milliy kino san’atimiz namunalarini xalqaro maydonlarda munosib namoyon etish, mazmunli obrazlar orqali madaniyatimiz rivojiga hissa qo‘shish asosiy maqsadimiz bo‘lib qoladi.
N. Rahmonova, O‘zA