Madaniyat va istirohat bog‘i yanada ko‘rkamlashdi
FOTOREPORTAJ
Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi Madaniyat qishlog‘ida Madaniyat va istirohat bog‘i to‘liq rekonstruksiyadan so‘ng, foydalanishga topshirildi.
Bog‘ hududida shuningdek, mo‘’jazgina kutubxona faoliyati yo‘lga ham qo‘yildi. Endilikda ushbu maskan qishloqdagi mavjud 16 ta mahalla aholisining madaniy xordiq chiqarishi, kitob o‘qib, ma’nan yuksalishi uchun zarur maskanga aylanadi.
[gallery-17692]
Bog‘ ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan marosim “Besh tashabbus festivali”ga ulandi. Festival doirasidagi madaniyat va san’at, sport hamda kitobxonlik loyihalariga minglab yoshlar qamrab olindi. Shuningdek, mahallalar yoshlari o‘rtasida “Andijon viloyati hokimi kubogi” musobaqasi o‘tkazilib, g‘olib sportchilar munosib taqdirlandi.
Iste’dodli yoshlar hamda taniqli san’atkorlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga xush kayfiyat ulashdi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA