Madaniyat, san’at va adabiyot namoyandalari munosib rag‘batda (+video)
Xalqimiz madaniyati, badiiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy ma’naviyatini boyitishga xizmat qilayotgan sohalar rivoj topmoqda.
Ayni yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan insonlar mehnati rag‘batlantirilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbarining “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi.
Bunda soha vakillarining asriy an’analarimiz, boy merosimizni asrab-avaylash va Yangi O‘zbekistonni jahon miqyosida targ‘ib etish yo‘lida amalga oshirgan samarali mehnatlari inobatga olindi.
Shunga muvofiq o‘zining ko‘p yillik samarali ilmiy-ijodiy faoliyati, yorqin va betakror iste’dodi bilan munosib xizmat qilgan bir guruh san’at va madaniyat vakillariga bugun, 1-iyun kuni poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida Prezidentimiz tomonidan mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
– Shu yoshgacha menda san’atkor sifatida biror unvon bo‘lmagan. Davlatimiz rahbarining e’tibori bilan “Xalq artisti” sifatida e’tirof etildim, – dedi O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Rustam G‘oipov. – Men bunda Yangi O‘zbekistonda inson qadri tamoyilining yana bir ro‘yobini ko‘rdim.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Km8wNCUKevo" title="Madaniyat, san’at va adabiyot namoyandalari munosib rag‘batda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV, Yoqubjon MELIBOEV (video), O‘zA