Luvrda yana bir janjal
Parijdagi jahonga mashhur Luvr muzeyi xavfsizlik tizimi yana bir bor tanqid ostiga olindi. Gap shundaki, belgiyalik ikki bloger boshqaruvni chetlab o‘tib, o‘z portretini muzeyning eng xavfsiz xonalaridan biriga joylashtirishga muvaffaq bo‘lgan.
BMFTV telekanali ma’lumotiga ko‘ra, Nil va Senn nomi bilan tanilgan hazilkashlar oddiy mijoz sifatida muzeyga kelib, “eksponat”ni bo‘laklarga ajratilgan “Lego” qurilmasi yordamida yashirincha ichkariga olib kirgan. “Mona Liza” namoyish etilayotgan bo‘limda esa portretlarni qayta yig‘ib, XVI asr Venetsiya ustalari asarlari orasiga osib qo‘ygan. Ular surat yonida bir necha marta suratga tushgach, xotirjam muzeyni tark etgan.
Faqat ertasiga blogerlarning rasmi hamon osig‘lik turgani tashrif buyuruvchilar e’tiborini tortgan.
S.Rahimov, O‘zA