Lukashenko Qozog‘istonga murojaat qilib, Belarusga neft yetkazib berish taklifi bilan chiqdi
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z mamlakatiga neft yetkazib berish masalasida Qozog‘iston bilan muzokaralar boshlash taklifi bilan chiqdi, deya xabar beradi davlatga qarashli BelTA axborot agentligi.
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘z mamlakatiga neft yetkazib berish masalasida Qozog‘iston bilan muzokaralar boshlash taklifi bilan chiqdi, deya xabar beradi davlatga qarashli BelTA axborot agentligi.
Qozog‘istonning Belarusdagi elchisi bilan suhbatda Lukashenko Minsk o‘zining neftni qayta ishlash zavodlari uchun neft manbalarni diversifikatsiyalash niyatida ekanini bildirdi. Belarus axborot agentligining xabar qilishicha, bunga javoban elchi Yermuxamet Yertыsbaev Qozog‘iston Belarusni neft bilan ta’minlashga tayyorligini, ammo buning uchun Rossiya bilan kelishuvga erishish lozimligini ta’kidladi.
Aprel oyida Rossiya neft ifloslangani aniqlanganidan so‘ng “Drujba“ quvuri orqali neft yetkazib berishni to‘xtatdi.
23 may kuni “Drujba” neft quvuri uchastka operatori bo‘lmish Slovakiyaning Transpetrol kompaniyasi, bir kun avval Slovakiyaga neft yetkazib berish qayta tiklangani borasida ma’lum qildi. “Drujba“ quvuridan Qozog‘iston va Rossiya nefti Belarus orqali Polsha va Germaniyaga ham yetkazib beriladi.
Bundan avvalroq shu haftada “Belneftixim“ davlat kompaniyasi neft quvuri ifloslanganidan keyin Rossiya neftini yetkazib berish ikki oydan keyingina qayta tiklanishi borasida ma’lum qilgan edi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, ayni damda Belarusda 1,2 million tona ifloslangan neft bor.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bu hodisani o‘z mamlakati va neft infratuzilmalari obro‘si uchun “o‘ta jiddiy” ziyon ekanini ta’kidladi. Rossiyaning neft giganti “Transneft“ neft ifloslanishiga kichikroq xususiy kompaniyani ayblab chiqdi.