Luish Figu: asosiy favoritlar qatoriga Braziliya, Argentina, Ispaniya, Portugaliya va Fransiyani qo‘shgan bo‘lardim
Bu yerda futbolchilarning darajasi juda muhim, ammo omad kelmasa ham qiyin bo‘ladi.
Portugaliya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Luish Figu bo‘lajak jahon chempionatining favoritlarini taxmin qildi.
"Ko‘plab terma jamoalar chempionlik uchun kurash olib borishi aniq. Bu yerda futbolchilarning darajasi juda muhim, ammo omad kelmasa ham qiyin bo‘ladi. Asosiy favoritlar deb Braziliya, Argentina, Ispaniya, Portugali va Fransiya terma jamoalarini aytgan bo‘lardim. Ularda final bosqichlarida ishtirok etish bo‘yicha tajriba yetarli darajada. Bu jamoalar shunchalik kuchli-ki, hatto mundialga ikkita tarkib bilan borsa bo‘ladi", - dedi sobiq Oltin to‘p sohibi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatining amaldagi g‘olibi Lionel Messi yetakchiligidagi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.