«Lufthansa»da ish tashlash! Mingdan ziyod reys bekor qilindi
Germaniyaning «Lufthansa» aviakompaniyasi xodimlari bugun erta tongda ish tashlaganini e’lon qildi. Bu favqulodda qaror 134 mingdan ziyod yo‘lovchi manfaatiga ta’sir ko‘rsatdi.
Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Frankfurt aeroportidan uchmagan 678 samolyot 92 ming yo‘lovchiga doxil bo‘ldi. Myunxen aeroportida esa 345 reys amalga oshirilmagani bois 42 ming fuqaro manziliga yetolmadi.
Ish tashlash 28 iyul tong sahar 6 ga qadar davom etishi ma’lum qilindi.
Kasaba uyushmasi avikompaniyaning, taxminan, 20 ming xodimi maoshini 9,5 foiz oshirish va eng kam soatlik ish haqi 13 yevroni tashkil qilishi bo‘yicha talabni o‘rtaga qo‘ymoqda.
O‘zA