Los-Anjeles terror hujumiga tayyorlanmoqda
14-martdan 15-martga o‘tar kechasi Los Anjelesda bo‘lib o‘tadigan “Oskar” mukofotini topshirish marosimidan oldin xavfsizlik kuchlari, go‘yoki, "Eron tomonidan uyushtirilishi mumkin bo‘lgan hujum"ga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Manbalarga ko‘ra, anjuman davomida xavfsizlik yuqori darajada ta’minlanadi. Gollivud xiyoboni hozirdan yopilgan, “Dolby” teatri atrofi to‘siq bilan o‘ralgan. Maxsus topshiriq guruhi xodimlari va merganlar bir yarim kilometr aylanada hududni kuzatib turibdi.
Xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar ta’kidlashicha, portlovchi moslamalarni olib o‘tish uchun drondan foydalanish ehtimoli tahdidni yanada kuchaytiradi. Tadbirda yuzlab politsiya xodimlari va Ichki xavfsizlik agentlari hozir bo‘lgan. Mehmonlar va transport vositalari metall detektor, it va kimyoviy test bilan tekshiriladi.

Xususiy xavfsizlik xodimlari, maxsus topshiriq guruhi Eron bilan mojaro tashkilotchilar va mashhurlar orasida xavotirni kuchaytirganiga urg‘u bermoqda.
- Agar biror voqea yuz bersa, bu aniq falokat bo‘ladi, - deydi ulardan biri. - Xavfsizlikka ustuvor ahamiyat berish buyrug‘i eng yuqoridan tushgan.
S.Rahimov, O‘zA