«Liverpul» yana ikki-uch futbolchini tarkibga qo‘shmoqchi
«Qizillar»ning asosiy maqsadlari sifatida PSJ hujumchisi Bredli Barkola va «Brayton» yarim himoyachisi Yankuba Minte ko‘rilmoqda.
«Liverpul» rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar transferlar oynasi yopilguniga qadar yana ikki-uch futbolchini tarkibga qo‘shishni rejalashtirmoqda. «Qizillar»ning asosiy maqsadlari sifatida «PSJ» hujumchisi Bradli Barkola va «Brayton» yarim himoyachisi Yankuba Minte ko‘rilmoqda.
Ushbu ikki futbolchi klub rahbariyatining ustuvor transfer maqsadlari hisoblanadi.
«Liverpul» Angliya Premer-ligasining yangi mavsumidagi birinchi turda safarda «Nyukasl» bilan o‘ynab, 2:2 hisobida durang qayd etgan.
Andoni Iraola jamoasi navbatdagi uchrashuvini 29-avgust kuni o‘z maydonida «Nottingem Forest»ga qarshi o‘tkazadi.