«Liverpul» PSJning Barkola va Mbayega qo‘ygan narxini to‘lamoqchi emas
PSJ har ikki futbolchining transferidan jami kamida 200 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
«Liverpul» PSJ vingerlari Bredli Barkola va Ibraima Mbayeni transfer qilish uchun parijliklar talab qilayotgan summani to‘lashga tayyor emas.
PSJ har ikki futbolchining transferidan jami kamida 200 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, «Liverpul» fransiyalik va senegallik futbolchilarga qiziqishni davom ettirmoqda, biroq yuqoridagi summani to‘lamoqchi emas.
«Qizillar» PSJni transfer narxini pasaytirishga ko‘ndirishga urinib ko‘radi.
Manbaga ko‘ra, Barkola va Mbayening o‘zi ham Andoni Iraola boshqaruvidagi «Liverpul»ga o‘tishni istamoqda.
Har ikki futbolchi yakshanba kuni Fransiya Superkubogida «Lans»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi.