«Liverpul» Jyul Kundeni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda
Kunde yaqinda kataloniyaliklar bilan shartnomasini 2030-yilgacha uzaytirgandi.
«Liverpul» «Barselona» himoyachisi Jyul Kunde transferini amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 27 yoshli fransiyalik futbolchini himoyaning o‘ng qanotini kuchaytirish uchun tarkibga qo‘shishni istamoqda. «Liverpul» joriy mavsumda himoya chizig‘ini «Barselona»dan Ronald Arauxoni xarid qilish orqali allaqachon kuchaytirgan. Urugvaylik futbolchi ham o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynay oladi.
Shunga qaramay, bosh murabbiy Andoni Iraola ushbu pozitsiyada tanlov imkoniyatlarini yanada kengaytirishni maqsad qilgan.
«Barselona» Kundeni katta mablag‘ evaziga sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq futbolchining o‘zi klubni tark etishga intilmayapti. Kunde yaqinda kataloniyaliklar bilan shartnomasini 2030-yilgacha uzaytirgandi.
Shu bilan birga, keyingi mavsumda himoyachi asosiy tarkibdagi o‘rin uchun jiddiy raqobatga duch kelishi mumkin. Bu esa uning kelajakdagi rejalariga ta’sir qilishi ehtimoldan xoli emas.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Jyul Kundening bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.