Livan va Isroil tinchlik muzokaralarini Rimda davom ettiradi
"Al Jazeera" telekanali xabar berishicha, Livan va Isroil vakillari nizoni tinch yo‘l bilan hal etish maqsadida 15–16-sentabr kunlari Rimda navbatdagi uchrashuvni o‘tkazadi.
Unda tomonlar Livan armiyasi nazorati ostiga o‘tadigan yangi “pilot hududlar”ni tashkil etish masalasini muhokama qilishadi.
Avvalgi muzokaralar “Hizbulloh” guruhi tomonidan uyushtirilgan qurolli fitna sababli to‘xtab qolgan edi. Joriy yil 4-sentabr kuni Isroil tomoni xayrixohlik belgisi sifatida livanlik besh nafar shaxsni ozod etdi va bu ikki tomonlama muloqotni qayta tiklashga zamin yaratdi.
Livan bosh vaziri Navaf Salamning ta’kidlashicha, hukumat Isroil qo‘shinlarini mamlakatning barcha hududlaridan to‘liq olib chiqib ketish va janubiy aholining o‘z uylariga xavfsiz qaytishini ta’minlash uchun muzokaralar jarayonini qat’iyat bilan davom ettiradi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA