Livan Rossiyadan iqtisodiy ko‘mak so‘rash niyatida
Livan bosh vaziri Saad Xaririy Rossiyaga tashrifi davomida mazkur mamlakat hukumatidan iqtisodiy ko‘mak, jumladan, Bayrut porti tiklanishi, vaksina yetkazilishi va elektr stansiyalar qurilishi borasida yordam so‘rash niyatida.
“RIA Novosti”ga bu haqda Livan bosh vaziri maxsus vakili Jorj Shaaban ma’lumot bergan.
Avvalroq Rossiya vazirlar mahkamasi bosh vazir Mixail Mishustin 15 aprelda Livan bosh vaziri bilan uchrashishini xabar qilgandi.
Shaabanning aytishicha, Livan hozir iqtisodiy ko‘makka muhtoj.