Litva elchisi ishonch yorlig‘ini topshirdi
Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Litva Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) Gintautas Vasiulisdan ishonch yorliqg‘ini qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Litva munosabatini faollashtirishga ikki tomon ham tayyor ekani tasdiqlandi, turli sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shundan so‘ng tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Belarus Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinichni qabul qildi.
Uchrashuvda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi va Shanxay hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro institutlar doirasidagi O‘zbekiston – Belarus siyosiy muloqotining dolzarb jihati, shu yil o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar jadvali hamda ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqa o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash masalalari ko‘rib chiqildi.
B.Xudoyberdiyev, O‘zA