Lionel Messi: tarixdagi eng yaxshi futbolchilar qatorida bo‘lish — aqlbovar qilmas baxt
Argentina Milliy terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o‘zining futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri ekanligi haqida bildirilayotgan fikrlarga munosabat bildirdi.
Argentina Milliy terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o‘zining futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri ekanligi haqida bildirilayotgan fikrlarga munosabat bildirdi.
"Sizni futbol tarixidagi eng yaxshilardan biri deb hisoblashsa, bu — shunchaki aqlbovar qilmas iltifotdir. Bu odamni hayratga soladi. Futbol o‘ynagan va ayni paytda to‘p surayotgan shuncha insonlar, millionlab iqtidorlar va haqiqiy "maxluqlar" (kuchli futbolchilar) orasida eng saralari qatoridan joy olish — haqiqatdan ham hayratlanarli. Men eng yaxshilar ro‘yxatida borligimdan hamda faoliyatim davomida erishgan barcha yutuqlarimdan cheksiz minnatdorman", — deya Messining so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.
Jahon chempionati doirasida Jazoir terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda (3:0) Lionel Messi xet-trik qayd etdi. Ushbu gollari evaziga Messi mundiallar tarixidagi gollar soni bo‘yicha germaniyalik Miroslav Klozening afsonaviy rekordini takrorlashga muvaffaq bo‘ldi