Lionel Messi bu safargi jahon chempionatida ham Argentinaning sardori bo‘ladi
Messining jarohati esa jiddiy emas va u turnir startigacha safga qaytadi. Bu haqida Skaloni ma’lum qilgan.
Argentina terma jamoasining uzoq yillik sardori Lionel Messi ushbu mundialda ham jamoasini sardor sifatida maydonga boshlab chiqadi.
Messining jahon chempionatida ham Argentina terma jamoasining sardori bo‘lishini bosh murabbiy Lionel Skaloni ta’kidlab o‘tdi. Mutaxassis mundialda ishtirok etuvchi 26 nafar futbolchi ismini e’lon qilgan vaqtidayoq, Messi sardor ekanligini eslatib o‘tgan. Ushbu jahon chempionati Leo uchun 6-mundial bo‘ladi. Argentinalik futbolchidan tashqari, Krishtianu Ronaldu va meksikalik Gilyermo Ochoa ham oltinchi marta jahon chempionatida ishtirok etadi. Messining jarohati esa jiddiy emas va u turnir startigacha safga qaytadi. Bu haqida Skaloni ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Messi yetakchiligidagi "albesileste" jahon chempionatining amaldagi g‘olibi hisoblanadi.