Liftlarning muvofiqligini baholash tartibi belgilandi
Har qanday texnologiya inson hayotini qulaylashtirishga xizmat qilishi tabiiy. Biroq ularning xavfsizligini ham ko‘zdan qochirmaslik talab etiladi.
Shu maqsadda, “Lift va lift xavfsizlik qurilmalarining muvofiqligini baholash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
2026-yilning 19-iyunida qabul qilingan ushbu Nizom Lift va lift qurilmalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentda belgilangan lift va lift xavfsizlik qurilmalarining muvofiqligini baholash tartib-taomilini belgilaydi.
Nizomga ko‘ra, Milliy muvofiqlik belgisidan foydalanishga doir qonunchilikda belgilangan talab va shartlar bajarilgan taqdirda, Milliy muvofiqlik belgisini qo‘llashga ruxsat etiladi.
Lift xavfsizlik qurilmasiga Milliy muvofiqlik belgisi quyidagi muvofiqlikni baholash tartib-taomillarining birida ishtirok etgan tayinlangan organning reyestridagi xos raqami bilan birga tushirilishi kerak:
Lift xavfsizlik qurilmasining tasdiqlangan turiga nisbatan muvofiq ekanligini kafolatlovchi sifat tizimi mavjudligini ma’qullash;
Lift xavfsizlik qurilmasini ishlab chiqarishda sifatni kafolatlovchi keng qamrovli sifat tizimining mavjudligini ma’qullash;
Lift xavfsizlik qurilmasining tasdiqlangan turiga nisbatan muvofiq ekanligini nomuayyan vaqt oraliqlarida baholash.
Tayinlangan organ o‘tkazilgan baholash, tekshirish va sinashlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ularning natijalari qayd qilingan baholash hisobotini rasmiylashtiradi.
Asosiy xavfsizlik talablariga liftning muvofiqligi tasdiqlangan taqdirda, tayinlangan organ o‘tkazilgan sinov natijalariga asoslangan muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi.
Sherbek Islomov, O‘zA