Legionerlarimiz: Husanov “Siti” bilan yirik g‘alabaga erishdi, Hamrobekovning “Traktor”i yurishini davom ettirdi
28-avgust kuni xorij klublarida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik futbolchilarning jamoalari Angliya va Eron chempionatlarida navbatdagi uchrashuvlarini o‘tkazdi.
28-avgust kuni xorij klublarida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik futbolchilarning jamoalari Angliya va Eron chempionatlarida navbatdagi uchrashuvlarini o‘tkazdi.
Kunning asosiy voqeasi Abduqodir Husanov ishtirokidagi “Kristal Pelas” — “Manchester Siti” uchrashuvi bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi bahsni asosiy tarkibda boshladi, “shaharliklar” esa Londonda raqibini 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
“Manchester Siti” safida Erling Holand va Rayan Sherki ikkitadan gol urdi. Mezbonlarning yagona goli Yeremi Pinoning jarima zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘siniga, so‘ng Janluiji Donnarummaga tegib kirishi natijasida yuzaga keldi va darvozabonning avtogoli sifatida qayd etildi. “Siti” shu tariqa Premyer-ligadagi dastlabki ikki uchrashuvida ham g‘alaba qozondi.

Eronda esa Odiljon Hamrobekov to‘p tepayotgan “Traktor” safarda “Chadormalu” bilan uchrashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘lim golsiz yakunlangan bo‘lsa, 48-daqiqada Amirhossein Hosseinzoda penaltidan hisobni ochdi. 90-daqiqada Tomislav Shtrkal yakuniy natijani belgiladi.
Bu natija “Traktor” uchun mavsumdagi ketma-ket to‘rtinchi g‘alaba bo‘ldi. Tabriz klubi to‘rtta uchrashuvdan maksimal 12 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlikka chiqdi.
Tehronning “Istiqlol” klubi ham kecha “Fulad” mehmoni bo‘ldi. Ushbu jamoada o‘zbekistonlik Rustam Ashurmatov va Jaloliddin Masharipov faoliyat olib bormoqda. “Istiqlol” mavsumning dastlabki uch uchrashuvida uchta g‘alaba qayd etib, 9 ochko bilan 4-turga yetib kelgandi.
bellashuv nursiz durang bilan yakunlandi.
28-avgustdagi legionerlarimiz jamoalari:
“Kristal Pelas” — “Manchester Siti” 1:4 — Abduqodir Husanov
“Chadormalu” — “Traktor” 0:2 — Odiljon Hamrobekov
“Fulad” — “Istiqlol” — Rustam Ashurmatov