Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik prokuror nazoratida
O‘zbekiston Respublikasi transport prokurori I.Narimov rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, iste’molchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganilmoqda.
O‘rganishlar jarayonida energiya tejamkorligini ta’minlash, energiya resurslarini aholi, ijtimoiy va iqtisodiyot tarmoqlariga barqaror yetkazib berish hamda ko‘p qavatli uylarning isitish tizimi ahvoliga alohida e’tibor qaratildi.


Xususan, viloyatda tashkil qilingan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga energiya resurslarini barqaror yetkazib berish bo‘yicha viloyat shtabi faoliyati o‘rganilib, energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oldini olish, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlariga ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha soha mas’ullariga qisqa muddatlarda bartaraf etilishi lozim bo‘lgan va mavsum davomidagi vazifalari yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Bu boradagi o‘rganishlar hamda amaliy tadbirlar davom etmoqda.
A.Qayumov , J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbiri