Kursantlar tarixiy eksponatlar bilan tanishdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi kursantlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyida bo‘ldi.
Muzeydan urush harakatlarida ishtirok etgan askarlarning shaxsiy buyumlari, jangovar mukofotlari, jangnoma xotiralari o‘rin olgan bo‘lib, tarixiy va qimmatbaho eksponatlar hamda ko‘rgazmali materiallar kursantlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Front orti bo‘limida O‘zbekistonda ishlab chiqarilib, jang maydonlariga yuborilgan harbiy texnikalar, mahsulotlar va ulardan ayrimlarining maketlari namunalari joylashtirilgan. Xalqimizning urush yillarida olib borgan matonatli mehnati haqida hikoya qiluvchi bu eksponatlar, yoshlarni kelajakda ona Vatanga sodiq xizmat qiladigan ofitser kadrlar bo‘lishida muhim o‘rin egallaydi.
Kursantlarga muzey xodimasi tomonidan muzey tarixi, undagi eksponatlar, turli xil sur’at va ko‘rgazmalar to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA