Kursantlar donorlik aksiyasida faol ishtirok etdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Markaziy apparati bilan hamkorlikda “Men donorman” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazildi.

Aksiyada akademiya harbiy xizmatchilari va kursantlari faol ishtirok etib, yuksak fuqarolik mas’uliyati va insonparvarlik fazilatlarini namoyon etdi. Donorlar tomonidan topshirilgan qon zaxiralari og‘ir ahvoldagi bemorlar hamda davolanishga muhtoj bolalarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu aksiya inson hayotini asrash, mehr-oqibat va ijtimoiy birdamlik tamoyillarini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasi bo‘ldi.


G.Boboyeva, O‘zA