Kuchli zilzila qayd etildi
Yaponiyaning Xokkaydo orolida 5,4 magnitudali yer silkinishi sodir boʻldi.
Yaponiyaning Xokkaydo orolida 5,4 magnitudali yer silkinishi sodir boʻldi.
Yaponiya bosh meteorologiya boshqarmasi maʼlumotlariga asoslanib, bu haqda RIA-Novosti xabar beradi.
Qayd etilishicha, zilzila markazi 10 kilometr chuqurlikda joylashgan boʻlib, orolda silkinish kuchi 7 ballik yapon shkalasi boʻyicha 3 ballni tashkil etgan.
Sunami xavfi yoʻq. Qurbonlar va vayronalar haqida maʼlumot kelib tushmagan.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan oyda Xokkaydo orolida 6,7 magnitudali zilzila kuzatilgan edi. Silkinish kuchi maksimal darajaga chiqqan Asuma posyolkasida koʻplab yer oʻpirilishlari sodir boʻlib, tabiiy ofat oʻnlab insonlar hayotiga zomin boʻlgan edi.
Seysmologlar tahlilicha, orolda bu kabi kuchli zilzila 1998 yildan buyon kuzatilmagan.