“Krokus”da halok bo‘lganlar soni 93 nafarga yetdi
Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi (TQ) ma’lum qilishicha, Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Xoll” savdo markazida sodir etilgan terror harakati natijasida halok bo‘lganlar 93 kishiga yetdi.
– Ayni paytgacha qurbonlar 93 nafarligi ma’lum, marhumlar ro‘yxati yana kengayishi ehtimoli bor, – deyilgan bayonotda.
Dastlabki xulosaga ko‘ra, odamlar o‘limiga, asosan, o‘q otar quroldan yaralanish va yong‘in tufayli tarqalgan isdan zaharlanish sabab bo‘lgan. Terrorchilar hujum payti avtomatdan foydalangan. Konsert zali binosiga o‘t qo‘yishda oson alangalanadigan suyuqlik qo‘llangan.
Kecha kechqurun Moskva viloyatiga qarashli Krasnogorsk shahridagi “Krokus siti xoll” majmuasida otishma yuz bergan, yong‘in hosil qilingan. Hodisa shu yerda juma kuniga rejalashtirishlgan “Piknik” guruhi konserti arafasida sodir etilgan.
Moskva viloyati ma’muriyati e’lon qilgan ro‘yxatda jarohatlanganlar 100 dan ziyod ekani, halok bo‘lganlar orasida 3 nafar bola borligi qayd etilgan.
RF TQ hodisa bo‘yicha jinoyat ishi ochdi. Voqea joyida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari faoliyat olib borishyapti.
Bugun ertalab Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov mamlakat Prezidenti Vladimir Putinga xudkushlikka aloqadorligi gumonlangan, jumladan terror xurujida bevosita ishtirok etgan 4 kishi ushlangani haqida hisobot berdi. Ularning boshqa sheriklarini ham tutish bo‘yicha ish olib borilyapti.
Tergov qo‘mitasidan aniqlik kiritilishicha, ehtimoliy asosiy 4 jinoyatchini Ukraina bilan chegaradan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, Bryansk viloyati hududida hibsga olishgan.
G‘.Xonnazarov, O‘zA