Kreditni o‘zlashtirganlar fosh bo‘ldi
Farg‘onada bankdan katta miqdorda kredit olib, uning ma’lum qismini o‘zlashtirib yuborgan shaxslar endi qonun oldida javob beradi.
“F.O.F” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari va boshqalar “Asia Alliance Bank” ATB Farg‘ona filialidan 2019 yildagi kredit shartnomasiga asosan 10 ta “Kamaz” yuk mashinasi sotib olish uchun kredit olgan. 5 milliard 542 million so‘m kredit mablag‘lari hisobidan 8 ta yuk mashinasi sotib olib, ularning 7 tasini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yadi. 554,2 million so‘mlik bitta yuk mashinasini esa shartnomaga zid ravishda kredit ta’minoti sifatida garov qo‘ymasdan sotib yuborgan. Uning pulini shaxsiy maqsadlarga sarflab, juda ko‘p miqdordagi kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilgan.
Hozir “F.O.F” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 –moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
M.Sulaymonov,
O‘zA muxbiri