Kosonsoyda yangi iqtisodiy kooperatsiya ish boshladi
Namangan viloyati Kosonsoy tumani Gulbog‘ mahallasida iqtisodiy kooperatsiya tashkil etildi.
Mazkur “AOTEX” mas’uliyati cheklangan jamiyati bugungi kunda “Zeynab” brendi ostida to‘quv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.
Ayollar jemperlari, sharflari, kamzul, shapkalari, bolalar va o‘smirlar liboslari shunday bejirim tayyorlanmoqdaki, ular butun O‘zbekiston bozorini egallab ulgurdi.
[gallery-4451]
Tadbirkor Odil Ismatullayev 2,7 milliard so‘m mablag‘ evaziga to‘rt qavatli ishlab chiqarish binosini qurdi. Shu kunlarda korxona mazkur yangi binoga ko‘chib o‘tadi.
Ayni paytda tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi yordamida korxonaga zamonaviy dastgohlar keltirish uchun 2,2 milliard so‘m kredit olinmoqda. Natijada, ishlab chiqarish sur’ati ortishi bilan birga 120 ta yangi ish o‘rni yaraladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA