Kosonsoyda yana bir yangi korxona ish boshladi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “Kushon” kichik sanoat zonasida “Gidro hayting” MCHJ tomonidan polietilen truba mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi. Uni amalga oshirish uchun 2,7 gektar yer maydoni ajratilib, 5 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflandi.
Korxonaning ochilish marosimi katta tantanaga aylandi. Unda kosonsoylik nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
[gallery-18443]
Tadbirda Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov so‘nggi yillarda viloyat bo‘yicha 72 ta kichik sanoat va 2 ta erkin iqtisodiy zona tashkil etilgani, ularda 2,2 milliard AQSH dollari qiymatida 1 ming 277 ta loyiha yo‘lga qo‘yilib, 66 mingdan ortiq ish o‘rinlari ochilganini ta’kidladi.
Xususan, birgina “Kushon” KSZda 110 gektar yer maydoniga umumiy qiymati 1 028 milliard so‘mlik 128 ta loyiha joylashtirildi. Ular to‘liq ishga tushishi natijasida 12 ming 500 ta ish o‘ni yaratiladi. Bugungi kunga qadar 405 milliard so‘mlik 56 ta loyiha ro‘yobga chiqarilib, 5 mingga yaqin aholi bandligi ta’minlandi.
Ma’lumot uchun. “Gidro hayting” korxonasi tomonidan yiliga 2000 tonnadan ortiq polietilen truba mahsulotlari ishlab chiqariladi va bu yerda 150 kishi doimiy ish joyiga ega bo‘ldi. Ularning asosiy qismi yoshlardan iborat.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA