Korxonada kuniga 20 ming dona qop ishlab chiqariladi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi “Mushtar Star Invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati qop ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Xitoy texnologiyasi asosida faoliyat yuritayotgan ushbu korxona 2022 yilda tashkil etilgan bo‘lib, loyiha qiymati 8 milliard so‘mdan iborat. Ayni paytda korxonada 32 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan.
[gallery-13498]
Qoplar asosan granuladan ishlab chiqariladi. Kunlik mahsulot ishlab chiqarish quvvati 20 ming donani tashkil etmoqda.
Tayyor mahsulot mahalliy bozordan tashqari qo‘shni Qashqadaryo viloyatiga ham yetkazib berilmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA