Korxona modernizatsiya qilinmoqda
Modernizatsiyadan soʻng korxona yiliga 130 ming tonna paxtani qayta ishlash quvvatiga ega boʻladi.
Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumanida faoliyat koʻrsatayotgan, “Uztex” guruhi tarkibidagi “Tekstil finans Namangan” paxtani qayta ishlash korxonasi tomonidan tumandagi eski paxta tozalash korxonasi modernizatsiya qilinmoqda.
Mamlakatimizda birinchilardan boʻlib klaster tizimiga oʻtgan, yaʼni paxta xomashyosini yetishtirishdan tortib, tolasidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilishgacha jarayonlar majmuasini oʻz ichiga olgan ushbu yirik toʻqimachilik majmuasi faoliyat olib borayotganiga uch yil boʻldi.
Toʻliq klaster tizimiga oʻtgan korxona endi tumanda yetishtirilayotgan paxtani qayta ishlash uchun eski paxta tozalash zavodini modernizatsiyadan chiqarmoqda. Mazkur loyiha asosida qurilish-montaj ishlariga 10 milliard soʻm hamda texnik-texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlashga 5,5 million dollar mablagʻ sarflanadi.
Modernizatsiyadan soʻng korxona yiliga 130 ming tonna paxtani qayta ishlash quvvatiga ega boʻladi.