Korxona mahsulotlariga talab katta
“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasida foydalanishga topshirilayotgan korxonalar soni kun sayin ortib bormoqda.
“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasida foydalanishga topshirilayotgan korxonalar soni kun sayin ortib bormoqda. Ulardan biri, tadbirkor Alponjon Tolipov rahbarlik qilayotgan “KHAT DESOR” xususiy korxonada asosan qurilish materiallari tayyorlanadi.
Ayni paytda korxonada 50 dan ziyod yoshlar ish bilan band. Zamonaviy texnologiya asosida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan korxonada xomashyo asosan Rossiya, Xitoy davlatlaridan olib kelinyapti. Korxonaning asosan DSP, MDF kabi qurilish mahsulotlariga bozorda talab katta.
Korxona rahbari Alponjon Tolipovning aytishicha, kelajakda eksportni yoʻlga qoʻyish moʻljallanmoqda. Yangi loyihalar ustida ishlanmoqda.