Korxona jamoasining xayrli tashabbusi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi mahallalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli qurilish, obodonlashtirish ishlariga korxona, tashkilot hamda muassasalar o‘zlarining munosib hissasini qo‘shmoqda.
Jumladan, “Qo‘ng‘irot soda zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi tomonidan Nukus shahridagi “Janabazar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi ikkita kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilaning turar joyi ta’mirlanib, tom qismi yopib berildi. Yaqinlashib kelayotgan qish mavsumi oldidan yordami uchun oila a’zolari korxona jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.
Bundan tashqari, amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlariga beg‘araz yordam sifatida 315 tonna ohak hamda 60 tonnadan ziyod oq tosh qurilish materiali yetkazib berildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA