Korrupsiyaga qarshi kurashda dadillik kerak
Bugungi kunda korrupsiya muammosi nafaqat yurtimiz, balki butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan dolzarb masalalardan biridir. Mazkur illatga qarshi kurashish, yurtimizda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlar doirasida amalga oshirilmoqda.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Buxoro viloyati Kengashi tashabbusi bilan Vobkent tumanida “Korrupsiyaga qarshi kurash – har bir fuqaroning burchi” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbirda yoshlarga korrupsiya tushunchasi, uning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari haqida atroflicha tushuncha berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar, strategiyalar hamda amaliy ishlar haqida ma’lumotlar bilan tanishdi. Advokatlar hayotiy misollar orqali yoshlarni hushyorlikka, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga chaqirdi.
Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi, mutaxassislar esa ularga aniq va asosli javoblar berdi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.