Korrupsiyaga qarşi içki nazorat tizimi samaradorligini oşiriş böyiça huquqiy eksperiment qanday natija bermoqda?
Prezidentimizning 2025-yil 21-apreldagi «Davlat organlari va taşkilotlarining korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmalari mustaqilligini taʼminlaş hamda faoliyati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq, korrupsiyaga qarşi içki nazorat tizimi samaradorligini oşiriş böyiça huquqiy eksperiment ötkazilmoqda.
Mazkur huquqiy eksperiment beşta idorada, jumladan, Soğliqni saqlaş, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi, Suv xöjaligi vazirliklari, şuningdek, «Özbekneftgaz» va «Özsuvtaʼminot» aksiyadorlik jamiyatlarida amalga oşirilmoqda.
Huquqiy eksperiment doirasida qanday natijalarga erişilmoqda? Bu savolga Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi axborot xizmati rahbari Şerzod Saparov javob berdi:
— Huquqiy eksperimentning asosiy maqsadi — korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmalarining mustaqilligini taʼminlaş, ularning faoliyatida manfaatlar töqnaşuvi va idora içidagi taʼsir ehtimolini kamaytiriş, şuningdek, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş va bartaraf etiş samaradorligini oşirişdan iborat.
Huquqiy eksperiment doirasida mazkur idoralarda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bilan hamkorlikda iş jarayonlarini raqamlaştiriş, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş va ularning oldini olişga qaratilgan tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, Soğliqni saqlaş vazirligi tizimida davlat xaridlari va tibbiy jihozlar narxlarini qayta körib çiqiş natijasida 247 milliard söm byudjet mablağlari tejaldi hamda 10 milliard sömlik asossiz ortiqça xarajatlarning oldi olindi. Tejalgan mablağlar şifoxonalarni zarur uskunalar va dori-darmonlar bilan taʼminlaşga yönaltirilmoqda.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 7 ta yangi xizmat joriy qilinib, ularning umumiy soni 46 taga yetkazildi. Şuningdek, qoğoz şaklida yuritiladigan 99 ta tibbiy jurnal va blank raqamlaştirildi.
28 ta tajriba-sinov tumani (şahri)dagi 681 ta poliklinikada KPI moduli töliq joriy etildi. DMED tizimi orqali Haj tadbiri uçun tibbiy maʼlumotnomalarni rasmiylaştiriş yölga qöyildi.
Mazkur tizimda 20 dan ortiq funksional modul va raqamli xizmatlarning joriy etilişi natijasida 4 mingta davlat tibbiyot taşkiloti, 8 mingga yaqin xususiy klinika, 11,5 mingdan ortiq dorixona hamda 38 milliondan ortiq fuqaro raqamli tizimlar bilan qamrab olindi.
«Elektron poliklinika», «Elektron şifoxona» va «Elektron retsept» modullarining joriy etilişi şifokor va bemor örtasidagi bevosita moliyaviy hamda ortiqça byurokratik aloqalarni qisqartirişga xizmat qilmoqda. Işga qabul qiliş va lavozimga tayinlaş jarayonlari Komplaens elektron moduli orqali raqamlaştirildi. Şuningdek, şifoxonalardagi böş örinlar, davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar röyxati hamda şifokorlarning iş grafiklari oçiqlandi.
Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi tizimida inson omilini minimallaştiriş maqsadida komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan maxsus algoritmlar asosida litsenziyalarni elektron şaklda beriş tizimi test rejimida joriy etildi. Natijada quriliş sohasida 1-, 2- va 3-toifaga mansub litsenziyalarni avtomatlaştirilgan tarzda elektron şaklda beriş mexanizmi yölga qöyilib, litsenziyalaş jarayonining şaffofligi, tezkorligi va samaradorligini oşirişga erişilmoqda.
Bundan taşqari, hududiy arxitektura-şaharsozlik kengaşlari faoliyati ham raqamlaştirilmoqda. Jumladan, kengaş aʼzolarining har biri uçun «Quriliş sohasida davlat xizmatlarini körsatiş» axborot tizimida alohida şaxsiy kabinetlar oçilib, loyiha-smeta hujjatlari yuzasidan tizim orqali elektron xulosa beriş mexanizmi joriy etildi.
Ötgan davr mobaynida tender savdolarining «Şaffof quriliş» axborot tizimidagi elektron platforma orqali ötkazilişi natijasida ularning umumiy qiymati 32,19 trillion sömni taşkil etdi. Yakunda 30,62 trillion sömlik şartnomalar tuzilib, qariyb 1,5 trillion söm mablağ iqtisod qilindi.
Suv xöjaligi vazirligida huquqiy eksperiment doirasida fermer xöjaliklarida suv sarfini aniq hisobga oliş, suv taqsimotida şaffoflikni kuçaytiriş va hisob-kitoblarda yuzaga kelişi mumkin bölgan bahsli holatlarni kamaytiriş maqsadida «Raqamli suv xöjaligi» yagona platformasi hamda «Vaziyatlar markazi» taşkil etildi.
Davlat suv kadastriga doir axborotni taqdim etiş xizmatini raqamlaştiriş doirasida «Davlat suv kadastri» axborot tizimining yangilangan versiyasi işga tuşirildi.
Endilikda, masalan, tadbirkorga kanal yoki suv xöjaligi obʼekti haqida kadastr maʼlumoti zarur bölsa, u uşbu maʼlumotlarni idoralararo elektron axborot almaşinuvi orqali ortiqça ovoragarçiliksiz olişi mumkin.
«Özbekneftgaz» AJda ham korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini oliş, ularning sabab va şart-şaroitlarini bartaraf etiş, şuningdek, xavfsizlik va nazorat samaradorligini oşiriş maqsadida intellektual videokuzatuv kameralari hamda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanuvçi «Vaziyatlar markazi» taşkil etildi.
Neft bazalariga 550 dan ortiq videokuzatuv kamerasi, jumladan, 98 ta yangi intellektual kamera va 68 ta sath ölçagiç örnatilib, ular «Vaziyatlar markazi»ga integratsiya qilindi.
Raqamlaştiriş va korrupsiyaga qarşi tizimli nazoratning yölga qöyilişi natijasida 2025-yilni zarar bilan yakunlagan neft bazalari 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 44 milliard söm sof foyda olişga erişdi.
«Özsuvtaʼminot» AJ tomonidan yirik suv inşootlari, şuningdek, magistral va tarqatuvçi tarmoqlarning ulaniş nuqtalariga 4,8 mingta elektron suv hisoblaş uskunasi örnatilmoqda.
Içimlik va oqova suv tizimlarini boşqarişda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş kölami kengaytirilmoqda. Xususan, yagona koll-markazga ovozli robot, nasos uskunalarining energiya samaradorligini oşiriş maqsadida esa «virtual muhandis» tizimi joriy etilmoqda. Şuningdek, respublika darajasida va 14 ta hududiy korxonada yagona situatsion markazlar taşkil etilmoqda.
2026-yil 1-maydan boşlab tizimda korrupsiyaga qarşi masofaviy monitoring va tahlil işlarini amalga oşiruvçi yangi tuzilma — «Korrupsiyaviy xavflarni boşqariş situatsion markazi» faoliyat körsatmoqda.
—Oçiqlik indeksida «qizil» hududga tuşgan taşkilotlar rahbarlariga qanday çoralar körilmoqda?
— Oçiqlik indeksi va Korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlari samaradorligini baholaş reytinglarida ketma-ket «qizil» hududga tuşayotgan davlat taşkilotlari rahbarlariga nisbatan ogohlantirişdan taşqari qanday qatʼiy javobgarlik çoralari körilmoqda?
2025-yil yakunlari böyiça Oçiqlik indeksi natijalariga köra, davlat organlari va taşkilotlarining 9 tasi 55 balldan past natija qayd etib, «qizil» toifada baholandi.
Agentlik tomonidan mazkur taşkilotlarda oçiqlikni taʼminlaş sohasida yöl qöyilgan kamçiliklar yuzasidan PF–154-son farmon talablari asosida oçiqlikni taʼminlaşga masʼul xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik çoralarini qöllaş böyiça takliflar kiritildi.
Körilgan çoralar natijasida 2 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi va ular bilan tuzilgan mehnat şartnomalari bekor qilindi. 4 nafar xodimga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qöllanildi. 1 nafar xodimga nisbatan jarima intizomiy jazosi tayinlandi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlari samaradorligini reyting asosida baholaş tizimida ham qonunçilikka muvofiq, ketma-ket ikki yil davomida «qoniqarsiz» baho olgan davlat taşkilotlari rahbarlariga nisbatan intizomiy javobgarlik çoralarini qöllaş belgilangan.
Norgul Abduraimova,
ÖzA