Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi!” mavzuida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda soha xodimlariga jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish yangi bosqichga ko‘tarilgani, xususan, mamlakatimizda ham bu borada bir qator dasturlar qabul qilinib, ular bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinayotgani ta’kidlandi.

Kadastr agentligi tizimida ochiqlikni ta’minlash, korrupsion xatarlarni oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy korrupsiyaga karshi kurashish tizimlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida tushuntirishlar berildi.

– bugungi kunda korrupsiya eng og‘riqli masalalardan biri hisoblanadi, – dedi Buxoro viloyati IIB huzuridagi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili J.Ochilov. – Shu sabab huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yuzaga kelayotgan ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga zamin yaratilmoqda. Bu yo‘lda aholi bilan birgalikda kurashishimiz lozim.

O‘zA