Korrupsiyaga oid indeksda qanday natija kuzatildi?
“Transparency International” e’lon qilgan 2025 yilgi Korrupsiyani qabul qilish indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston 31 ball oldi.
Bu 2022 yildagi ko‘rsatkich bilan bir xil. 2024 yil (32), 2023 yil (33)dan biroz past, ammo o‘n yil avvalgi 18 - 19 ballik darajadan ancha yuqori.
Kengroq manzarada tendensiya ijobiy: so‘nggi o‘n yilda mamlakat 13 balldan ortiq o‘sishni qayd etdi va juda past ko‘rsatkichlardan o‘rta pog‘onaga ko‘tarildi.
2025 yildagi indeks hisobotining o‘zi shuni ko‘rsatadiki, global miqyosda korrupsiyaga qarshi kurashda turg‘unlik kuchaygan va idrok ko‘pincha islohotlardan sekinroq o‘zgarmoqda.
Shu bois, bugungi natija orqaga ketish emas, balki barqarorlashuv bosqichi sifatida ko‘riladi – kelgusi yutuqlar esa islohotlarning izchil va samarali ijrosiga bog‘liq.
N.Abduraimova, O‘zA