Korrupsiya — rivojlanish kushandasi
Texnik jihatdan tartibga solish agentligida 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.
Unda mamlakatimizning yirik tadbirkorlik tashkilotlari xodimlari, agentlik huzuridagi jamoatchilik kengashi, professor va fan nomzodlari ishtirok etdi.
Tadbirda agentlik va uning tizim tashkilotlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatida amalga oshirilgan ishlar haqida taqdimotlar qilindi.

Tadbir so‘ngida tadbirkorlar va mutaxassislar o‘rtasida zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini joriy etish, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha taklif va muammolar yuzasidan savol javob tariqasida davra suhbati o‘tkazildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA