Koreyaliklar bilan hamkorlik samarasi
Janubiy Koreyaning Pyontek shahri meri Jong Jang Son joriy yilning 6 noyabr kuni O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Sirdaryodagi maktablarni zamonaviy moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlash uchun homiylik yordami ko‘rsatilishini ma’lum qilgan edi.
Viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda koreyaliklar tomonidan 84 ta zamonaviy kompyuter jamlamalari hamda 24 ta printer qurilmasi voha miqyosida tanlangan umumta’lim maktablariga topshirildi. Ularning umumiy qiymati 75 ming AQSH dollarini tashkil etadi.



Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, Janubiy Koreya – O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi (KUBA) raisining birinchi o‘rinbosari Kim Chang Keon hamda Pyontek shahri rasmiylari ishtirok etdi. Viloyat hokimi Pyontek shahri bilan nafaqat savdo-iqtisodiy, balki madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar ham rivojlanib borayotganini qayd etib, ko‘rsatilgan homiylik uchun Pyontek shahri ma’muriyatiga minnatdorlik bildirdi.
Sh.Suyarov,
Sh.Ortiqboyev,(foto) O‘zA muxbirlari.