Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv
Toshkent shahar hokimligida Janubiy Koreya davlat xizmatchilaridan iborat delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti tomonidan davlat xizmatchilarining malakasini oshirish maqsadida o‘quv amaliyotiga yuborilgan delegatsiya poytaxt hokimligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan zamonaviy raqamli xizmat va texnologiyalar, jumladan, “Toshkent geoportali”, “Open Data Tashkent”, “Xalq nazorati”, “Vision Zero”, “Age Tashkent”, “Atrofimizdagi servis” platformalari bilan tanishtirildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi tajriba almashinuvi va hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, shahar boshqaruvida zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA