Koordinatorlar saylandi
Sirdaryo viloyatida Öquvçilar kengaşining hududiy tarkibi şakllantirildi. Viloyat bosqiçida qatnaşgan 24 nafar nomzod orasidan 8 nafari oçiq ovoz beriş orqali turli yönalişlar koordinatori etib saylandi. Ular tengdoşlarining ğoya va takliflarini ilgari suriş, taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda maktab hayotidagi faolligini oşirişga masʼul böladi.
Jumladan, Bekmuhammad Umurzoqov — «Kelajak lideri», Ominaxon Tölqinova — «Ekologiya», Sanjar Qöçqorov — «IT», Sardor Jörayev — «Sport», Çaros Alişboyeva — «Taʼlim», Feruza Ubaydullayeva — «Ijtimoiy taşabbus», Nilufar Alişeva — «Madaniyat» hamda Xurşidbek Zikriyayev — «Media» yönalişlari koordinatori böldi.
Uşbu natijagaça bölgan saralaş jarayonlari viloyatning barça tuman va şaharlarida ötkazildi. Unda 5–11-sinflarda tahsil olayotgan 91 ming nafardan ortiq öquvçi orasidan nomzodlar tanlab olindi. Hududiy bosqiçlar yakunida 88 nafar öquvçi viloyat bosqiçida iştirok etiş uçun tavsiya etildi. Keyingi saralaşdan muvaffaqiyatli ötgan 24 nafar nomzod esa yakuniy bosqiçda qatnaşdi.
Viloyat bosqiçiga Sirdaryo viloyati «Kelajak» markazi direktori Avaz Mamatov raislik qildi. Unda Respublika «Kelajak» markazining Öquvçilar kengaşi tizimini taşkil etiş bölimi xodimi Sardor Mamatqulov, tuman va şahar «Kelajak» markazlari rahbarlari, masʼul xodimlar hamda nomzodlar iştirok etişdi.
[gallery-32333]
Tadbirda Kengaşning maqsad va vazifalari, faoliyat yönalişlari, öquvçilar taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş mexanizmlari muhokama qilindi. Ovoz beriş jarayoni oçiqlik va şaffoflik tamoyillari asosida ötkazilib, nomzodlarning bilimi, mustaqil fikrlaşi, taşabbuskorligi, jamoada işlaş qobiliyati va yetakçilik könikmalariga eʼtibor qaratildi.
— Öquvçilar kengaşini taşkil etişdan közlangan asosiy maqsad — yoşlarni maktab hayotiga faol jalb qiliş, ularning fikr va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, yetakçilik qobiliyatini rivojlantirişdir. Har bir öquvçi nafaqat bilim oluvçi, balki taʼlim muassasasidagi ijobiy özgarişlarning faol iştirokçisi bölişi kerak.
Saylangan koordinatorlar öz yönalişlari böyiça tengdoşlarining ğoya va takliflarini birlaştiriş, loyihalar, tanlovlar va tadbirlarni taşkil etiş, ularning qiziqiş hamda qobiliyatlarini rivojlantirişga kömaklaşadi. Bu esa yoşlarning salohiyatini namoyon etişi va maktab hayotidagi taşabbuslarni amaliy natijaga aylantirişi uçun zamin yaratadi, — dedi Sirdaryo viloyati «Kelajak» markazi direktori Avaz Mamatov.
Nizomga muvofiq, Öquvçilar kengaşi taʼlim, madaniyat, axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt, sport, ekologiya, media hamda ijtimoiy taşabbuslar yönalişlarida faoliyat yuritadi. Bu orqali öquvçilarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantiriş, zamonaviy texnologiyalarga qiziqişini oşiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş va milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlaş közda tutilgan.
Şuningdek, Kengaş öquvçilar bilan maktab maʼmuriyati örtasida oçiq muloqotni yölga qöyiş, ularni öylantirayotgan masalalarni aniqlaş va yeçimlar böyiça takliflar işlab çiqişga xizmat qiladi. Faoliyatni taşkiliy jihatdan qöllab-quvvatlaş va muvofiqlaştiriş viloyat hamda tuman (şahar) «Kelajak» markazlari hamkorligida amalga oşiriladi.
Endilikda saylangan koordinatorlar tengdoşlarini umumiy maqsadlar atrofida birlaştirib, yangi ğoya va loyihalarni ilgari surişga harakat qiladi. Kengaş faoliyatining samarasi esa, avvalo, öquvçilar taşabbuslarining amaliy natija berişi, ularning maktab va jamiyat hayotidagi iştirokining kengayişida namoyon böladi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat), ÖzA