Konstitutsiyaviy normalar adolatli sud qarorlariga asos bölmoqda
8-dekabr — Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
Maʼlumki, 2023-yil 30-apreldagi umumxalq referendumi asosida Boş qomusimizning yangi tahriri qabul qilingaç, sudlar tomonidan ham uning normalari qöllana boşlandi. Bu esa Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyundagi “Odil sudlovni amalga oşirişda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini töğridan-töğri qöllaşning ayrim masalalari töğrisida”gi qarori asosida amalga oşirilmoqda.
Taʼkidlaş lozimki, hukm va qarorlarni qabul qilişda Konstitutsiya normalarini qöllaş fuqarolarning sudlarga bölgan işonçini yanada mustahkamladi.
Keling, fikrlarimizning tasdiği sifatida ayrim işlarga eʼtibor qaratsak. Qirğiziston Respublikasi fuqarosi Salima Ramziyeva (ism-şariflari özgartirilgan) Kosonsoy tumanida yaşovçi opasi Hanifa Ramziyeva kasal bölib qolganligi sababli körgani keladi. Söngra darhol opasinikida turiş uçun vaqtinçalik röyxatdan ötadi. Ammo Hanifa opa singlisidan yana bir muddat qolişini iltimos qiladi. Salima Ramziyeva bunday bölsa, Özbekistonda böliş muddatini uzaytirişi kerakligini aytadi. Biroq şanba-yakşanba kunlari tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimi işlamasligi bois respublikamizda qoliş muddatini uzaytirolmaydi. Yangi hafta boşida bölimga murojaat qilganida esa opasiga Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 225-moddasi 5-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştiriladi. Mazkur norma asosida huquqbuzar bazaviy hisoblaş miqdorining 15 baravari – bugungi kunda 6.600.000 söm miqdorida jarima jazosiga tortilişi kerak.
– Hozir jarimani tölaşga moddiy imkoniyatim yöq. Yagona boquvçim bölgan turmuş örtoğim vafot etgan. Özim “Surunkali gepatit “S” sirrozga ötiş davri” kasalligidan davolanib turaman. Oladigan nafaqam dori-darmonimga sarf böladi. Oilada esa yolğiz ona va qizimning boquvçisiman. Şuning uçun ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar röyxatida turamiz. Qilmişimdan puşaymonman, – deya közida yoş bilan jarima miqdorini kamaytirib berişni söradi Hanifa Ramziyeva.
Yana boşqa holat. Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan tumanning Nabahor-1 mahallasida yaşovçi Davron Soliboyevga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 159-moddasi 3-qismi bilan bayonnoma rasmiylaştirilib, sudga yuborilgan.
Bayonnomada uning özboşimçalik bilan özi istiqomat qilayotgan köp qavatli uy xonadonining balkoni tösiq devorini buzib, eşik oçib olganligi huquqbuzarlik sifatida qayd etilgan. Buning uçun şaxs bazaviy hisoblaş miqdorining ellik baravari 20.600.000 söm miqdorida jarima tölaşi lozim.
Sudda D.Soliboyev uşbu xonadonni 2015-yil sotib olgan paytda balkondan eşik oçilgan bölganini, hozir esa bu holat bartaraf etilganini bildirdi. Şuningdek, oilaviy şaroiti oğirligi, turmuş örtoği va farzandi kasalligi, özi boğçada qoravul bölib işlaşi, moddiy tarafdan qiynalganligi sababli qonuniy yengillik berişni söradi.
Oliy sud Plenumining yuqoridagi qarorida sudlar körib çiqilayotgan huquqiy munosabatlarni tartibga soluvçi qonun va boşqa normativ-huquqiy hujjatning mazmunini baholaşi va Konstitutsiya normalarini töğridan-töğri amal qiluvçi oliy yuridik kuçga ega normativ-huquqiy asos sifatida qöllaşi lozimligi belgilangan.
Konstitutsiyamizning 19-moddasida esa “Özbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga binoan hamda uşbu Konstitutsiyaga muvofiq eʼtirof etiladi va kafolatlanadi” deya, 20-moddasida “Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, ularning mansabdor şaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi” deb qayd etilgan.
Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 21-moddasiga binoan sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli bölgan taqdirda, sud huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod etib, uni ogohlantiriş bilan kifoyalanişi mumkin.
Kodeksning 271-moddasi 10-qismida esa huquqbuzarlik oqibatlari bartaraf etilgan taqdirda şaxs javobgarlikdan ozod etilişi belgilangan. Ana şu asoslarga tayangan jinoyat işlari böyiça Kosonsoy tuman sudi Hanifa Ramziyevani kodeksning 21-moddasiga muvofiq, Davron Soliboyevni bölsa kodeksning 271-moddasi 10-qismi asosida javobgarlikdan ozod qiliş töğrisida qaror qabul qildi.
Xulosa örnida aytganda, Boş qomusimizning har bir moddasi fuqarolarning u yoki bu manfaatlariga xizmat qilmoqda. Zero, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev “Biz sud-huquq sohasini tubdan isloh qilişga alohida ahamiyat berayotganimiz bejiz emas. Çunki, Konstitutsiyamizda mustahkamlangan inson huquqlarini taʼminlaş uşbu islohotlarning amaliy natijasi bilan bevosita boğliqdir” deya bejiz taʼkidlamagan.
Nodirjon KIMSANOV,
jinoyat işlari böyiça Kosonsoy
tuman sudining tergov sudyasi.
ÖzA