Konstitutsiyamiz – kelajakka mustahkam ishonchimiz
Yurtimizda Bosh qomusimizning 31 yilligiga bag‘ishlangan keng qamrovli tadbirlar davom etmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida ham Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “Kelajakka mustahkam ishonch” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Yangi O‘zbekistonni barpo etish, erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq va mohiyatan bir-birini to‘ldiruvchi tub demokratik islohotlar amalga oshirilayotgani, davlat va konstitutsiyaviy tizim, jamiyatda siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy sohalarda o‘ta muhim o‘zgarishlar kuzatilayotgani ta’kidlandi.

Xususan, oliy ta’lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qiladi.
Tadbirda taniqli san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat baxsh etdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA